Zohid Risqiyev avtohalokatdan keyin ilk bor koʻrinish berdi

Tarqalgan videoda u oʻz muxlislariga salom yoʻllagan.

Videodan kadr

Videodan kadr

“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyev oʻtgan yili sentyabr oyi oxirlarida avtohalokatga uchraganidan keyin ilk bor ijtimoiy tarmoqlarda koʻrinish berdi.

Qayd etilishicha, avtohalokatdan avval yozilgan, ammo taqdim etilishiga ulgurilmagan qoʻshiq va klip yaqin kunlarda namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 29-sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda Zohid Risqiyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida boshqaruvidagi BMW mashinasi bilan YTHga uchragani xabar qilingandi.

Hodisa oqibatida yoʻlovchi, 1994-yilda tugʻilgan X.S. voqea joyida vafot etgandi.

Zohid Risqiyev esa jonlantirish boʻlimiga yotqizilib, sunʼiy nafas olish apparatiga ulangani aytilgandi. Unga “Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja” tashxisi qoʻyilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling