Foto: Instagram
Yaqinda bloger Maryam Tillayeva obunachilarining savollariga javob berdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri unga ajrashganidan soʻng oʻzini qanday his qilayotgani haqida soʻragan.
Ushbu savolga javoban qiz oʻz sahifasiga video joylagan.
“Har safar uni eslaganingizda his-tuygʻularingizdan qochishga urinasiz, ammo qochib ketolmaysiz. Mana men Shveytsariyaga, keyin esa Los-Anjelesga keldim”, — deydi bloger.
Shunday qilib, u hayotida tez-tez sodir boʻladigan sayohatlar orqali buni yengishga harakat qilayotganini koʻrsatmoqchi boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling