Namanganda bank bosh yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
U Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021-yilda olgan 16,2 mlrd so‘m kreditni vaqtida to‘lay olmaganligi sababli, garov sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turishni vaʼda qilgan.
Shuningdek, mulklarni keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult klinika rahbaridan so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.