Navoiy viloyatining Konimex tumani, Karak-ata OFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda 2-may kuni soat 07:20 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomobili Zarafshon-Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
So‘ng u qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan SKANIA 114L rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.