Navoiy viloyatining Nurota tumani, “Yangihayot” MFYdan o‘tuvchi yo‘lda 5–may kuni soat 09:05 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz Matiz‘ni boshqarayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
So‘ng yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi G.Q. ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Surishtiruvlar davomida G.Q. oilaviy bog‘cha rahbari sifatida faoliyat olib borgani maʼlum bo‘ldi.
14 nafar bolalarning Matiz‘da qoidalarga zid ravishda tashilishiga ularning ota-onalari ham eʼtiborsiz bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.