Toshkentda 22 yoshli talaba 5 yilga qamaldi

U Telegramʻdan aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan qoʻshiqlarni (nashida) yuklab olib, internetda tarqatgan.

Foto: Ppic.com

Foto: Ppic.com

Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2001-yil Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi S. R. dinga boʻlgan qiziqishlari zamirida oʻzi foydalangan telefonning Telegram orqali koʻchirib olingan aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻirilgan audioqoʻshiq (nashida) ni tanishiga tarqatish maqsadida yuborib, internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib tarqatgan.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasiga koʻra, diniy mazmundagi S. R. tarqatgan diniy qoʻshiq (nashida) aqidaparastlik gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, bu kabi diniy materialni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan sud ishi joriy yilning 30-yanvar kuni JIB Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.

Unga koʻra, JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

S. R. ga nisbatan JKning 57-moddasini qoʻllab, modda sanksiyasida nazarda tutilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash uchun asoslar yetarli boʻlmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling