Videodan kadr
Qoraqalpogʻistonda oʻlim bilan bogʻliq ayanchli YTH sodir boʻldi. Bu haqda UzNews.uzʻga Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 4-fevral kuni 1998-yilda tugʻilgan haydovchi Qoʻngʻirot tumanida Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Natijada, Mersedes Benz rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.
YTH oqibatida, Nexia haydovchisi va mashina ichida boʻlgan 4 nafar yoʻlovchilar — 1984, 1980, 1967 va 1954-yilda tugʻilgan yoʻlovchilar tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling