Foto: Toshkent shahri YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrida 12-yanvar kuni 17 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:40 da Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jami 17 ta avtomashina o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Jumladan:
- Nexia-3 2 ta;
-
Nexia-1 2 ta;
-
Mercedes-Benz 1 ta;
-
Best tune T 33 1 ta;
-
Damas 1 ta;
-
Matiz 5 ta;
-
Spark 2 ta;
-
Kia K5 1 ta;
-
Volkswagen 1 ta;
-
Isuzu yuk mashinasi 1 ta.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazoratida.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.