Foto: Ichki ishlar vazirligi
7-yanvar kuni Yozyovon tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari toʻliq diniy maʼlumotga ega boʻlmay turib diniy idoralar ruxsatisiz, yashash xonadonida hujra tashkil etgan shaxsni aniqladi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Navroʻz” mahalla hududida yashovchi 41 yoshli 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy adabiyotidan foydalanib, 2023-yilning yanvar oyining boshidan buyon taʼlim berib kelgani maʼlum boʻldi. Hujradan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib koʻrishlik uchun hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (Xususiy mulk huquqini buzish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling