Toshkentning ayrim hududlarida svet va gaz yo'qligining asosiy sabablari ochiqlandi

13-yanvar kuni yuzdan ortiq elektr va gaz qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilgan

Bugungi kunda asosan Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, juda koʻp uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi bunga sovuq havo tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishini sabab qilib koʻrsatmoqda.

Maʼlum qilishicha, sovuq havo harorat tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishi kuzatilmoqda. Buning natijasida hududlardagi, xususan Toshkent shahri va viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, taʼminotda uzilishlar sodir boʻlmoqda.

Xususan, 13-yanvar kuni yuzdan ortiq elektr va gaz qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilgan.

Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan boʻlib, ular zarur transport vositalari, qoʻshimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan taʼminlangan.

Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.

Bundan tashqari barcha hududlardagi koʻcha yoritish chiroqlarining bir qismi oʻchirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yoʻnaltirilmoqda.

Shu oʻrinda isteʼmolchilardan vaziyatni toʻgʻri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boshqa xonadonlarning chirogʻi yonishiga sabab boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling