Turkiyadagi zilzilada halok boʻlgani aytilgan oʻzbekistonlik ayol tirik boʻlib chiqdi — video

Unga tibbiy yordam ko'rsatilgan, sog'lig'i yaxshi ahvolda

Foto: 9111.ru

Foto: 9111.ru

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi oldinroq halok boʻlgan deya eʼlon qilingan ayol tirik holda topilganini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxslar tomonidan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi — 1975-yilda tugʻilgan va Namangan viloyatida doimiy yashab kelgan Shohista Niyozova zilzila oqibatida qulagan bino ichida vafot etgani toʻgʻrisida xabar tarqatilgan edi.

Qayd etilishicha, mazkur xabar asosida Bosh konsulxona ushbu fuqaroni qidirib topishga muvaffaq boʻlgan va u tirik. Konsulxona tomonidan Shohista Niyozova shifoxonaga olib borilib, koʻrikdan oʻtkazilgan.

“Unga zaruriy tibbiy muolaja koʻrsatilgan, hozirda uning sogʻligʻi qoniqarli ahvolda. Shohista Niyozovani qisqa muddatlarda vatanimizga yuborish choralarini koʻrmoqdamiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Turkiyada sodir boʻlgan zilzilalar oqibatida halok boʻlgan oʻzbekistonliklar soni toʻrt kishiga yetgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling