Jizzax viloyatida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida 3-yanvar kuni, soat 20:41da yuqori kuchlanishli “Jizzax” podstansiyasidan chiquvchi 4 ta elektr uzatish tarmogʻi favqulodda oʻchdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buning natijasida Jizzax shahri, Zarbdor, Zomin, Yangiobod, Paxtakor, Arnasoy, Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilish kuzatilgan.
Ushbu nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 21:38da (57 daqiqada) bartaraf etilib, yuqoridagi hududlarning elektr taʼminoti qayta tiklangann.
Shuningdek, viloyatdagi past kuchlanishli tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling