Oʻzbekistonda yakshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

Toshkentda yog'ingarchilik kutilmaydi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Oʻzbekistonda 22-yanvar, yakshanba kuni qanday ob havo kuzatilishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, baʼzi joylarda 17 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, baʼzi joylarda 5 daraja sovuqgacha boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, baʼzi joylarda 0-5 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqgacha boʻladi.

Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaro va Surxondaryo viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling