O'zbekistondagi bog'chalarda ham navbatdan tashqari ta'til e'lon qilinadi

Taʼtil kunlari 10-yanvardan 18-yanvarga qadar deb belgilandi

Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim muassasalarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi.

Avvalroq, Oʻzbekistondagi barcha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling