O'zbekistonda dam olish kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi

Kunduzi havo harorati -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq boʻladi

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududlari boʻyicha ob-havoni hali ham sovuq antitsiklon belgilaydi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Ushbu kunlarda respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 20-21-yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yogʻishi mumkin. Kunduzi havo harorati -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq boʻladi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari -8...-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda -15...-17 daraja sovuqgacha boʻladi. Kunduz kunlari -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, baʼzi joylarda -5 daraja sovuqgacha atrofida boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika yoʻllarida baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling