Foto: Tengrinews
Oʻzbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligi fuqarolarni Qozogʻistonga avtomashinada sayohat qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur murojaat Qozogʻistondagi ob-havo sharoitining keskin yomonlashgani bilan bogʻliq. Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda keyingi uch kun davomida kuchli sovuqlar davom etadi, togʻli hududlarda kuchli qor yogʻishi kutilmoqda. Sharqda havo harorati 43 daraja sovuqgacha tushadi.
Xabarga koʻra, mamlakatning sakkizta viloyatida, jumladan, Mangʻistau, Jetisu, Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qaragʻanda, Turkiston, Qoʻstanay, Olmaotada boʻron haqida ogohlantirish eʼlon qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling