O'zbekiston tarvuz va qovun eksportidan 33 mln dollardan ortiqroq topgan — statistika

Eksport ko'rsatkichlari qariyb 54 ming tonnaga oshgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 33,2 mln dollarlik 135,8 ming tonna tarvuz va qovun eksport qildi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

2021-yilning shu davriga nisbatan eksport ko‘rsatkichlari 53,8 ming tonnaga oshgan.

Quyida O‘zbekistondan tarvuzni eng ko‘p sotib oladigan davlatlar keltirilgan:

  • Qozog‘iston – 58,2 ming tonna;
  • Rossiya - 28,1 ming tonna;
  • Qirg'iziston - 27,2 ming tonna;
  • Tojikiston - 14,5 ming tonna;
  • Latviya - 2,8 ming tonna;
  • Belarusiya - 2,4 ming tonna;
  • Germaniya - 868 tonna;
  • Polsha - 684 tonna.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling