Foto: Almayadeen
24-mart kuni kechasi Suriya shimoli-sharqida joylashgan AQSHning ikkita harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda Livanning Al-Mayadeen telekanali xabar bermoqda.
“Amerika koalitsiyasining Furot (Yevfrat) daryosining sharqidagi «Koniko” va “Umar” konlarida joylashgan ikkita harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi», — deyiladi xabarda.
Telekanal manbalariga koʻra, “Koniko”ga sakkizta raketa uchirilgan boʻlib, raketalar harbiy bazaga va uning yaqiniga kelib tushgan.
Pentagon spikeri Patrik Rayder AQSHning Suriyadagi harbiy bazalariga qilingan hujum haqida maʼlumot berishicha, raketa zarbasi natijasida bir nechta obyektlar vayron boʻlgan.
AQSH harbiy bazalariga qilingan hujum Eron qoʻllab-quvvatlaydigan jangarilar tomonidan uyushtirilganligi aytilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling