Foto; Uzbmeteo
14-aprel kuni erta tongda Xorazm viloyatida kuzatilgan kuchli shamol, chang massalari boshqa viloyatlarda, xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yuz berdi. Tarmoqlarda kunduz kuni kuzatilayotgan noqulay ob-havo aks etgan videolar tarqalmoqda.
Buxoro viloyatlari hududlarida kuzatilgan chang-toʻzonli ob-havo Navoiy viloyatining Qiziltepa tumaniga kirib kelmoqda. Kuchli chang-toʻzonli ob-havo natijasida ushbu hududda koʻrunuvchanlik 100−150 metrdan keyin cheklandi. Ushbu chang-gʻuborli ob-havo tez orada viloyatning markaziy hududlariga ham kirib kelsa kerak, deya xabar berdi Navoiygidromet.uz Telegram-kanali.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling