Toshkent viloyatida muzlagan ko'lmakka tiqilib qoldi

Lacetti haydovchisi muzlab qolgan koʻlmak ustidan harakatlanishi natijasida koʻlmakka tiqilib qolgan.

Videodan kadr

Videodan kadr

FVV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, kecha, 26-yanvar kuni Toshkent viloyati Lacetti haydovchisi Chinoz tumanida yoʻlda hosil boʻlgan muzlab qolgan koʻlmak ustidan harakatlangan. Natijada muz yorilib, avtomashina oʻsha joyda qolib ketgan.

Shundan soʻng, FVBga xabar berilganidan soʻng zudlik bilan Chinoz tumani FV boʻlimi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yoʻlovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam koʻrsatgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling