Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahrida maktab oʻquvchisi boʻlgan qiz oʻzini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi boʻlgani haqida xabar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov rasmiy maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab oʻquvchisi) oʻgay otasi bilan oʻzaro janjallashib qolishi natijasida Fargʻona shahrining “Tarona” koʻchasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan va u yerdan pastga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.
Voqea joyiga borgan Fargʻona shahar IIB va FVV xodimlari D.K.ni tomdan sogʻ-omon tushirib olishgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling