Foto: Xabar.uz
Energetika vazirligi aholini is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalardan ogohlikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik aholidan gaz jihozlaridan foydalanisda quyidagilarga rioya qilishni soʻragan:
- isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning moʻri va havo almashish yoʻlaklarini mutaxassislar tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash;
- gaz jihozlarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulamaslik va joyini oʻzgartirmaslik;
- nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmaslik, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yoʻl qoʻymaslik;
- gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda boʻlishini taʼminlash;
- moʻri va havo almashish yoʻllarining texnik jihatdan soz boʻlishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmaslik;
- yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik;
- gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmaslik;
- tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmaslik;
- gaz quvurlariga har xil soʻrgʻichlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
- gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;
- bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib oʻchirmaslik, gugurt yoqmaslik, xonani zudlik bilan shamollatish hamda tumangaz taʼminoti boʻlimiga (104) qoʻngʻiroq qilish.