Videodan kadr
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning UzNews.uzʻga maʼlum qilishicha, mazkur hodisa bugun, 23-mart kuni soat 01:55 da Fargʻona viloyati Rishton tumanida sodir boʻlgan.
Ushbu tumanda yashovchi 36 yoshli D.D. (havaskor hofiz) qonuniy nikohdan oʻtmay yashab kelgan 31 yoshli ayol M.B. bilan oilaviy masalada janjallashib qolgan. Natijada, oshxona pichogʻi bilan bir necha marotaba unga tan jarohati yetkazgan.
Olgan tan jarohatlari oqibatida ayol hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling