2022-yilda “Tez yordam”ga 13 mlndan ortiq chaqiriq kelib tushgan

2021-yilda bu chaqiriqlar soni 12,5 mlnni tashkil etgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

2022-yilda Oʻzbekiston boʻyicha “Tez yordam”ga jami 13 mln 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushdi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Natijada har 1000 nafar aholiga oʻrtacha 366 ta murojaat toʻgʻri kelgan. Shundan 1 mln 180 ming 416 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng koʻp murojaat Fargʻona viloyatida 1 mln 520 ming 448 ta (11,67 foiz) qayd etildi. Shuningdek:

  • Andijon viloyatida 1 mln 415 ming 023 ta (10,87 foiz);
  • Toshkent shahrida 1 mln 280 ming 242 ta (9,83 foiz);
  • Toshkent viloyatida 1 mln 262 ming 187 ta (9,69 foiz);
  • Namangan viloyatida 1 mln 227 ming 318 ta (9,42 foiz) kuzatildi.

Solishtirish uchun, 2021-yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 mln 590 ming 250 ta chaqiriq kelib tushgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling