Toshkentda 13 yoshli oʻsmir maktabda vafot etdi

Hodisa poytaxtdagi 110-maktab hududida yuz berdi.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Joriy yilning 10-aprel kuni soat 17:30 atrofida Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli maktabda 2009-yilda tugʻilgan, shu maktabning 8-sinf oʻquvchisi M.S. vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prkouratura matbuot xizmati boshligʻi Xayot Shamsutdinov.

Mazkur maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari oʻrganilganida, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik boʻlmagani maʼlum boʻldi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, M.S. oʻlimiga “oshqozon osti beziga keng koʻlamli qon quyilishi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻng koʻz yonida shilinma, ichki aʼzolari toʻlaqonligi, bosh miya va oʻpkalar shishi” sabab boʻlgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling