Toshkent viloyati Olmaliq shahri A.Temur ko‘chasida 12-may kuni soat 14:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu bo‘yicha viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
2000-yilda tug‘ilgan fuqaro C.D. piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar 2017-yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborgan.
Hodisa natijasida piyodalarning biri olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.
Yana bir nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.