Foto: Repost.uz
“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, 2023–2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) roʻyxati tasdiqlandi.
Roʻyxatga yirik korxonalar — NKMK, OGMK, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzmetkombinat”, “Oʻzkimyosanoat”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Agrobank”, “Xududgaztaʼminot”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Oʻzbekiston aeroportlari”, “Oʻzbektelekom”, “Oʻzavtosanoat” kabi kompaniyalar kiritilgan.
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalarni isloh qilish, ularning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini taʼminlash bilan shugʻullanadi.
“UzAssets” Oʻzbekistondagi eng yirik aktivlarni boshqarish kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning asosiy vazifasi savdodan oldingi tayyorgarlikni tashkil etish va yirik davlat korxonalarini sotish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borishdan iborat.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling