Navoiyda oltin qazib olish maqsadida noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda FVV xabar berdi.
7-iyul kuni soat 04:22 da Xatirchi tumani, “Angidon” MFY, Quvray qishlog‘i tog‘ hududida 4 kishi noqonuniy oltin qazib olishga borgan.
Ulardan 3 nafari kon hududidagi noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolib ketgan.
Hodisa yuzasidan tashqarida qolgan bir nafar sherigi tomonidan zudlik bilan atrofdagilarga hamda viloyat FVBga xabar bergan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar tashqarida bo‘lgan sherigi va mahalliy fuqarolar tomonidan chuqurlikdagi 1 nafar fuqaro chiqarib olingan.
FVB qutqaruvchilari hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelib, chuqurlikda tuproq ostida qolib ketgan yana 2 nafar fuqaroni qutqarib olishdi.
Qutqarilgan fuqarolar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.