Foto: Freepik
1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2,3 mlrd dollardan ortiq oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, 2022-yil dekabr oyida oltin zaxirasi 33,4 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, hozirda ular 35,7 mlrd dollarni tashkil etadi.
Maʼlum qilinishcha, oltinning jismoniy hajmi 12,7 mln troy unsiyani tashkil etgan, qiymati 23 mlrd dollarga, valyuta zaxiralari esa 11,6 mlrd dollarga koʻtarilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling