Toshkentdagi omborxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Toshkentning Yashnobod tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan omborxonada 29-aprel kuni soat 17:05 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVBB xabar berdi.

Soat 17:08 da qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 17:30 da qurshab olindi.

Yong‘in soat 17:47 da o‘chirildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling