OAV: Mahmud Murodov jarohat olgan, u oktagonga koʻtarila olmaydi

U qo'lidan jarohat olgani aytilmoqda

Foto: Open source

Foto: Open source

11-mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi “UFC Fight Night” musobaqasi oʻtkaziladi.

Ushbu musobaqa doirasida oʻrta vaznda oʻzbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-8) asli dogʻistonlik, hozirda Germaniya nomidan jang qilayotgan Abusupyan Magomedovga qarshi oktagonga koʻtarilishi lozim edi.

Biroq, jang bekor qilingan. Bunga sabab, Mahmud Murodov jangga oz muddat qolganida, qoʻlidan jarohat olgan va yaqin vaqt ichida operatsiyani boshidan kechiradi. Bu haqda rossiyalik MMA jurnalisti Igor Lazorin maʼlum qilgan.

Mahmud Murodovning oʻzi bunga munosabat bildirganicha yoʻq, deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling