AQSHda olti yoshli o'quvchi o'qituvchini otib qo'ydi

Oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida janjal kelib chiqqan

Foto: CNN<br>

Foto: CNN

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Virjiniya shtatida olti yoshli bola boshlangʻich sinf oʻqituvchisini otib qoʻydi. Bu haqda “CNN” xabar bermoqda.

Shahar politsiyasi boshligʻi Stiv Dryu maʼlum qilishicha, oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Xabarga koʻra, shundan soʻng bolakay oʻqtuvchiga toʻpponchadan oʻq uzgan.

“ Jarohatlangan oʻqituvchining ahvoli ogʻir, uning jarohati hayoti uchun xavfli deb baholanmoqda”, — deya qoʻshimcha qilgan Dryu.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻquvchilardan hech biri jarohatlanmagan. Oʻq uzgan oʻquvchi qoʻlga olingan.

Nyuport-Nyus taʼlim departamenti rahbari Jorj Parker III maktabda darslar bekor qilinganini, hukumat “xodimlar va oʻquvchilar ruhiy salomatligi ustida ishlayotgani”ni aytdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling