Toshkentda ayol kishi ko'chada o'zini qanday tutishi kerakligi haqida video chiqargan ikki bloger jarimaga tortildi — video

Videoda ular ayollarning koʻchaga mahramsiz chiqmasligi, koʻchaga chiqqanda hijobda chiqish kerakligini aytishgan

Videodan kadr

Videodan kadr

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan X.D. va 1989-yilda tugʻilgan I.O.lar tomonidan “ayol kishining koʻchaga chiqish odoblari” nomli videolavha tarqatilib, unda bu shaxslar diniy mazmunda ayollarning koʻchaga chiqishga oid turli nomaqbul cheklovlarini bayon qilganlari aks etgan.

Holatni oʻrganish maqsadida X.D. va I.O.lar joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMBga taklif etildi.

Oʻtkazilgan suhbat davomida ayollarning koʻchaga chiqqanida oʻzlarini qanday tutishi, odobi, begona shaxslar bilan qanday munosabatda boʻlishlari haqida oʻz tashabbuslariga koʻra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklari maʼlum boʻldi.

Shu munosabat bilan, ushbu fuqarolar MJtKning 184-2-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling