Buxorodan Moskvaga rejalashtirilgan reys samolyoti boshqa bortga almashtirildi

Boeing-737 bortida oʻrindiqlar yetarli emasligi sababli qolgan 60 nafar yoʻlovchi keyingi UT808 reyslarida joʻnatiladi

Foto: Uzbekistan Airports

Foto: Uzbekistan Airports

Moskva—Buxoro—Moskva yoʻnalishi boʻyicha Utair UT807/808 reysidagi samolyotni texnik sabablarga koʻra Boeing-767 dan Boeing-737 ga almashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Boeing-737 bortida oʻrindiqlar yetarli emasligi sababli qolgan 60 nafar yoʻlovchi keyingi UT808 reyslarida (2023-yil 7 va 9-yanvar) joʻnatiladi.

Buxoro xalqaro aeroporti rahbariyati va aviatashuvchi vakillari birgalikda, birinchi navbatda, bemorlar, tranzit yoʻlovchilari, yosh bolali ayollar, qariyalar va chet el fuqarolari uchun aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirmoqda. Kechikkan barcha yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi va bepul ovqat bilan taʼminlanadi.

“Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotni aviakompaniya vakillaridan olishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling