Foto: Zakon.kz
Kaspiy dengizining suv sathi minimum darajadan ham paslab ketdi. Hozirda uning sathi minus 29,1 metrga pastlagan. Bu pastlash 1977-yildagi rekordni yangiladi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qozogʻistonning Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Aktau shahrida dengiz baʼzi joylarda qirgʻoqdan 50—60 metrga uzoqlashgan.
Foto: Zakon.kz
Xabarga koʻra, aspiy dengizida suv sathi avval ham pasaygan, keyin yana oʻz holiga qaytgan. Biroq hozir dengizning tezkorlik bilan sayozlashishga moyilligi kuzatilmoqda. Germaniya va Niderlandiya olimlari oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, 2050-yillarga kelib, Turkmanistondagi Qoraboʻgʻoz-goʻl qoʻltigʻi butunlay qurib bitadi.
Olimlar Kaspiy dengizining sayozlashishining asosiy sababi yogʻingarchilikning kamligi va dengizga yetarlicha suv toʻldirilmayotgani deb taxmin qilmoqda.
Xabarga koʻra, Volgaga quyiladigan daryolar endi avvalgidek emas. U suvlar maishiy ehtiyojlar uchun sarflanmoqda. Kaspiy dengiziga 300 ta yirik va kichik daryolar kelib quyiladi. Ammo ularning birortasi ham oqib chiqmaydi.
Foto: Zakon.kz
Qozogʻistonlik olimlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Uralning Kaspiy dengiziga keltirgan suv hajmi uchdan biriga kamaygan.
Kaspiy dengizi sathining oʻzgarishi qirgʻoq infratuzilmasiga ham taʼsir qiladi. Masalan, 90 yillarda dengiz portini suv bosganligi sababli uni amalda qayta qurishga toʻgʻri kelgan boʻlsa, endi suvning kamaygani bois, bu yerda chuqurlashtirish ishlarini olib borilishi rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling