Ta‘mirlash ishlari tufayli 11-iyun kuni Toshkent shahrining uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Mirzo Ulug‘bek tumani “Sarbon” MFY. Soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Chilonzor tumani “Navbahor” MFY. Soat 12:00 dan 16:00 gacha.
Yangihayot tumani "Yangi Darxon" MFY. Soat 11:00 dan 16-00 gacha.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.