Orol dengizidagi suv sathi salkam yarim metrga koʻtarildi

Yoʻqolib ketish arafasida turgan Orol dengizidagi suv hajmining soʻnggi kuzatuvlari eʼlon qilindi.

Foto: e-cis.info

Foto: e-cis.info

Mutaxassislarning fikricha, ayni paytda Orol dengizidagi suv sathi 48 sm gacha koʻtarilgan. Bu haqda Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyati hokimligi maʼlum qildi.

Orol-Sirdaryo havza inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisining soʻzlariga koʻra, hozirgi kunga qadar Shimoliy Orol dengizida toʻplangan suv hajmi 27 milliarddan 18,5 milliard kub metrgacha, suv sathi esa 40,42 BTM (Boltiqboʻyi tizimi metri)gacha kamaydi.

Soʻnggi kuzatuvlarga koʻra, 2022-yil oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar dengiz sathi 40,90 BTM yoki 48 sm gacha koʻtarilgan, toʻplangan suv hajmi esa 19,7 milliard kub metrni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, agar oʻtgan yili Orol dengiziga yetkazib berilgan suv hajmi 816 million kub metrni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning 2 oyida 803 million kub metr suv olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling