Foto: Videodan lavha
Toshkentda novoyga olti marta pichoq urgan shaxsga hukm oʻqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea toʻrt oy avval Yashnobod tumanidagi novvoyxonalardan birida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, ayblanuvchi va uning tanishi spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan. Shundan soʻng, ular oʻrtasida oʻzaro mojaro kelib chiqqan. Yuzaga kelgan janjal vaqtida jabrlanuvchi gumonlanuvchining ota-onasini haqoratlay boshlagan.
Shundan soʻng, fuqaro oshxona pichogʻini qoʻliga olgan, shundan soʻng novvoyga olti marta pichoq urgan. U voqea joyidan qochib ketayotib, qoqilib, ariqga qulagan. Jabrlanuvchining hayoti saqlab qolingan.
Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida mazkur fuqaroning ishi koʻrib chiqilib,u Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (odamga suiqasd qilish) bilan aybdor deb topilgan. Shuningdek, unga nisbatan 10 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling