Butun Respublika boʻylab 18-yanvarga qoldirilgan maktablar birinchilardan boʻlib Xorazm viloyatida 11-yanvar kuni ochilishi aytilgan edi.
Maʼlum qilinishicha, endilikda oʻqish jarayonlari 16-yanvarga qoldirilgan. “Yuksalish” UMHga koʻra, bu qaror ularning chaqrigʻiga javoban qabul qilingan.
Shuningdek, Qoraqalpogʻistonda ham dars mashgʻulotlari 16-yanvardan boshlanishi maʼlum qilindi.
Shu bilan birga, Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlangan edi.
Viloyat hokimligi sovuq ob-havo sharoitida koʻpchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha taʼlim muassasalarida oʻqish 16-yanvar kunidan boshlanishini maʼlum qildi.
Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskanlari ham oʻz ishini 16-yanvardan boshlashi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling