Foto: Sputnik
Global Firepower talqiniga koʻra, Oʻzbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 145 ta davlat ichida 62-oʻrinni egalladi.
Qayd etilishicha, mamlakatda xizmat koʻrsatish uchun mavjud kadrlarning umumiy soni 13,5 million kishini tashkil etadi. Oʻzbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.
Mazkur reyting boʻyicha qoʻshni davlatlarning pozitsiyalari:
Qozogʻiston – 63;
Turkmaniston – 82;
Qirgʻiziston – 107;
Afgʻoniston – 114;
Tojikiston – 120.
Xabarga koʻra, reytingda yetkazchi oʻrinlarni AQSH, Rossiya va Xitoy egallagan. Soʻnggi oʻrinlarda esa Moldova, Benin va Butan davlatlari qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekiston 55-oʻrinni egallagan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling