Open Budget'ga ovoz yig'ishda majburiy jalb qilinsa, senatning ishonch raqamlariga murojaat qilish so'ralmoqda

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi majburlov holati yuzasidan oʻrganish boshladi.

Foto: UzNews.uz

Foto: UzNews.uz

Senat axborot xizmatining xabariga koʻra, “Tashabbusli budjet”ga ovoz yigʻish uchun xodimlar majburiy jalb qilinayotganlik holati oʻrganilmoqda.

“Tashabbusli budjet” loyihasi Davlat byudjetining shakllanishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan qisqa davr mobaynida ushbu loyiha doirasida joylarda koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois bugungi kunda mazkur jarayon ommalashib bormoqda. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” uchun ayrim soha vakillarining ovoz yigʻish ishlariga jalb qilinganligi holatlari keng muhokama qilinmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur masala Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan atroflicha oʻrganilmoqda. Natijalari boʻyicha qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi, -deyiladi xabarda.

Qolavera, majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor boʻlgan aholidan mk@senat.uz, “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishlari soʻralgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling