Foto: My.gov.uz
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
- 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
- 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
- 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling