Toshkent bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov vazifasidan ozod etildi

“Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov bu vazifani bajaruvchi etib tayilandi

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati<br>

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida 4-yanvar kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini taʼminlashdagi oqsoqliklar tahlil qilindi.

Shuningdek, poytaxtdagi bir nechta tuman bosh imom-xatibi va markaziy masjid imom-xatibi vazifalari vakant boʻlib turgani oqibatida kelib tushayotgan shikoyatlarga ham majlisda urgʻu qaratildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, Rahmatulloh domla Sayfuddinov oʻz arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling