Foto: Repost.uz
Kuni kecha AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda IIV YHXX axborot xizmati boshligʻi Azizxon Murodov Toshkent shahri va viloyatlar markaziy koʻchalarida harakat tezligini pasaytirish boʻyicha bir qancha savollarga javob berdi.
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayonnomasiga asosan yuqori tezlikda harakatlanish chegaralangan yoʻllarni hisobga olish va tegishli yoʻl belgilari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi, shuningdek, ushbu koʻchalarga soatiga 60 kilometr tezlikka sozlangan maxsus moslamalar oʻrnatiladi.
“Tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganda va yoʻllarga oʻrnatilgan maxsus qurilmalar tezlik chegarasiga, yaʼni soatiga 60 kilometrga moslashtirilgandan soʻng haydovchilar jarimaga tortiladi.
Fuqarolar va jamoatchilik uchun yoʻllarda taqiqlovchi belgilar oʻrnatilishi haqida OAV va rasmiy veb-saytlar orqali maʼlumotlar berib boriladi. Bugun harakat ishtirokchilari yangi belgilangan tartib asosida harakat qilishlari kerak”, — dedi IIV YHXX Axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling