Foto: Twitter
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi. Unga koʻra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik maʼlumotlarga tayangan holda 2023-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23-mart, payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida xulosa qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling