Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi mamlakatdagi faoliyatini yakunladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.

Vazir elchi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Taʼkidlanishicha, elchiga O‘zbekistondagi 14 yillik samarali faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Shu yillar davomida u nafaqat Ozarbayjonning O‘zbekistondagi munosib vakili, balki diplomatik korpus duayeni sifatida ham yuksak hurmat va eʼtirofga sazovor bo‘ldi", – deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling