Foto: Open Source
Surxondaryoda boʻlib turgan davlat rahbari turli davlatlarning Oʻzbekiston pozitsiyasi boʻyicha savoliga javobini bildirdi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi.
“Zamon juda murakkab, hozir katta-katta davlatlar aytyapti. “Oʻzbekiston, sen kim tomon? Boʻldi endi, yoki u tomonga oʻtgin, yoki bu tomonga oʻtgin”, deyapti. Qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib ham shunga davʼat qilyapti. “Bizga kerak Oʻrta Osiyoda Oʻzbekiston, 36 mln boʻldi, 3-4 yilda 40 mln boʻladi, katta davlat boʻladi, kim tomonsan”, deyapti.
Shavkat Mirziyoyev bunday savolga javob bittaligini taʼkidladi:
”Savolga javob bitta: bir tomonman! Millatim, xalqim, buyuk Oʻzbekistonimni manfaati uchun oʻlishga ham tayyorman deb javob beraman"!
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling