"Open Budget" uchun ovoz yigʻishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi

1-mavsumda gʻolib boʻlgan loyihalar qachon amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoq

“Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori imzolandi.

Qarorda tizimga oid bir qator vazifa hamda qoidalar belgilandi. Jumladan:

— 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan 1 309 ta loyiha uchun ham qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi;

— 2023-yil 1-mavsumda gʻolib deb topilgan 2 975 ta loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi qatʼiy nazoratga olinadi. Bunda:

— jihozlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish soʻnggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;

— qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish soʻnggi muddati etib avgust oyi belgilanadi;

— tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yigʻishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi;

— tashabbusli byudjet jarayonida ovoz toʻplash va gʻoliblarni aniqlash mexanizmini tanqidiy koʻrib chiqish, jumladan keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda takliflar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling