Jahongir Ortiqxoʻjayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi

Senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega

Videodan kadr

Videodan kadr

Toshkent shahar Kengashi poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qarorni maʼqulladi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev shahar kengashi deputatligi muddatidan oldin tugatildi. Tegishli qaror 27-yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. “Gazeta.uz” xabar berishicha, sobiq hokimning oʻzi vakolatini tugatishni soʻrab ariza yozgan.

Qonunchilikka koʻra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.

Jahongir Ortiqxoʻjayev 2020-yil yanvar oyida OʻzLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan Kengash deputati, soʻngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025-yilning yanvarigacha hisoblangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling