Qidiruvda bo‘lgan shaxs Perudan O‘zbekistonga olib kelindi

Gumonlanuvchi Peruda tergov organlaridan yashirinib yurgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qidiruvga berilgan fuqaro Perudan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi ekstraditsiya qilindi.

Gumonlanuvchi Peruda tergov organlaridan yashirinib yurgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya, jarayonda tranzit o‘tgan Fransiya va BAA vakolatli organlarining xalqaro huquq doirasida ko‘rsatgan yordami tufayli amalga oshirildi.

Ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling